Payshanba
kuni birinchi para qanaqadir МЧС
haqidagi fan. Ikkinchi para sotsiologiya, keyin ingliz tili xullas, deyarli
muhim fanlar yoʻqdek. Xohlab, xohlamay, ertalab Instagram’imni titkilagancha,
sekin ostonovkaga yurib chiqdim. Eh, 150 oʻtib ketdi. Keyingisi yarim soatdan
keyin keldi. Vabo, oʻlat, ebola haqidagi darsga 20 daqiqa kechikib keldim.
Amallab oʻtkazdik. Ikkinchi para tuzukroq. Sotsiologiya domla yaxshi pedagog,
doim qiziq narsalar haqida gapirib beradi. Oldida uyatga qolmaslik uchun bir
ikki bet mavzuni oʻqiymikin, deb kursdoshlarimdan soʻrasam, bu safar psixologik
test oʻtkazishlarini aytishdi. Zoʻr-ku!
Keldilar,
oʻtgan darslarni bir takrorladik. Oʻtgan mavzu: «Подсознание. Схема психики человека по Зигмунду Фрейду» Yelena
Elvirovna, domlamizning ismi shunaqa, chiroylikkina, yoshi, hayotiy tajribasi
katta ayol, lekin yoshlarni tushunishga harakat qiladi. Xullas, bir varaqdan
qogʻoz olishimizni soʻradilar. Erinmasangiz, siz ham ichki psixikangizni
bilishingizga yordam beruvchi shu testni oʻzingizda sinab koʻring.
Ustozimiz
men ich-ichimdan qiziqib ketayotganimiz seansni boshladilar.
“Koʻzingizni yumib, oʻrmonni tasavvur qiling. Uni bir sidira kuzatib, koʻzingizni oching va u qanday koʻrinishda ekani, siz qayerda turganingiz haqida qaydlar yozib qoʻying.”
Hammasini
batafsil qogʻozga tushirdim.
“Yana
koʻzni yumib, oʻrmon boʻylab harakatlaning. Oldingizdan bir hayvon chiqdi. U
qanaqa jonzot? Sizning unga munosabatingiz qanaqa? Undan qoʻrqyapsizmi?”
Yana
qaydlar yozdik. Hech kim bir-biriga nima tasavvur qilganini aytmayapti, test
oʻrtasida «Медведь!»
deb, baqirvorgan Azizadan tashqari.
“Yumuq
koʻzlar bilan yana diqqatni jamlab, oʻrmonning ochiqroq joyiga keling. U yerda
ot turibdi. U qanaqa? Rangi, koʻrinishi qanday? Sizning unga munosabatingiz
qanaqa? Unga yaqinlashdingizmi? Mindingizmi? Yozib oling…”
OK.
Endi-chi?
“Oldingizdan
koʻl chiqdi. Nima qilyapsiz? Uning koʻrinishi, sizning munosabatingiz qanaqa?”
Done! Next…
“Oʻrmondan
olib chiqib ketadigan koʻcha chiqdi. Undan yura boshlang. U qanaqa koʻcha? Yoʻlning
oxiriga yetib qoldingiz. Oʻrmondan chiqdingiz. Nimani koʻryapsiz? Hammasini
yozib oling.”
Boʻldimi?
Ta’birlarga navbat!
Ustozimiz
demokratik prinsiplarga asoslangan holda hammadan oʻz tasavvurlari haqida
soʻrab, uning nimani bildirishini aytishni boshladilar. Oʻrmon bizning hayotni
qanday koʻrishimiz ekan. Men kuzgi, yorugʻ, kichkinagina oʻrmonni tasavvur
qilgan edim. Kuzgi oʻrmonni koʻz oʻngimga keltirganim hayotning zavqini umr
oxirida koʻrishimni, uning yorugʻligi optimistligim va oʻrmon kichkinaligi
umrim davomida har qanday masalaga bosiqlik bilan yondosha olishimni anglatar
ekan. Kimdir mavsumiy oʻrmonlarni, ulkan archalar-u, qaragʻaylarni tasavvur
etibdi. Bu ular hayotda oʻzini juda kichik odam deb bilishidan darak berarkan.
Keyingisi
hayvon. Bu oʻzimiz ekan. Buni eshitib, hamma kuldi. Men bechora esa tasavvur
qilgan narsamning ruscha nomi uyoqda tursin, oʻzbekchasini topish bilan ovora
edim. Tinmay yerda timirsikilanayotgan uzun tumshuqli choʻchqaga oʻxshash maxluqni
ta’riflasam, buni chumolixoʻr deyishlarini bilib oldim. Qiziq, otiniyam
bilmidiganim mashu aji-buji narsa qattan tasavvurimga keldi. Xullas, Yelena
Elvirovnaning tushuntirishlari boʻyicha, doim nimadirni qidirib, iskab,
timirsikilanib yurarkanman. Bu meni podsoznaniyam ekan. OK. Kimdir koala, yana
kimdirlar boʻrining ne ma’no berishini soʻrashdi. Koala-odam yalqovroq, oʻta
ehtiyotkor, boʻri kuchli va epchil ekanini aytdilar.
Xop,
oʻrmonning ochiq joyichi? Otchi? Otni tasavvur qilish uchun koʻp vaqt
berishgandek. Men koʻz oʻngimga otni keltirdim-u, tezroq shu safargi koʻz
yumish tugashini tilagandim. Ustozimiz obdon otlarimiz haqida soʻradilar. Bitta
qizimiz yakkashoxni tasavvur qilgani, unda osmonlarga uchganini aytdi. Qizigʻi,
koʻpchilik unga mingashib koʻrgan. Men esa qoravoy otga yaqinlashmadim ham. Ot
– bu muhabbat ramzi ekan. Bizning oʻz juftimizni qanday koʻrishimiz ekan.
Bundan chiqdi, men muhabbat bobida tashabbuskor emasman. Umuman sevishni
bilmayman, desa ham boʻladi. Siz-chi? J Bizning
guruhdagi koʻpchilik romantik chiqdi. Ayniqsa, jimgina yuradigan oʻsha
kursdoshimning bir pasda otda uchib kelganini aytmaysizmi? Lol
Koʻl
deyilganda men Amerikaga borganimda koʻrgan koʻlmakni eslabman negadir. U ham
oʻrmon yaqinida joylashgan edi. Juda boʻgʻiq rangda, yuzasida esa baliqlar
oʻlib yotardi. Shuni aytganimda, oʻta artistik harakatlari bilan yoqalarini
ushlagancha, «Ужас!»
dedilar. Hammaning fikrini eshitib, oxirida bu suv nimani bildirishini aytganlarida
oʻzim ham shunday dedim. Koʻl bizning jinsiy aloqaga munosabatimiz ekan!
Oʻzimni gʻalatiligimni sezishga undayotgan kursdoshlarim tasavvurlari esa
ularning ancha “sexy”ligini koʻrsatdi. Ikkitasi choʻmilibdi suvda, bittasi
oʻzining aytishi boʻyicha “shunchaki oyogʻini chaygan.” Ustozim menga u narsa
haqida juda yomon xayolda ekanim, bu fikrimni oʻzgartirishim kerakligini
aytdilar. Aha, harakat qilaman.
Keyingisi
koʻcha edi. Men oʻsha koʻlmak yonidagi oʻsha yoʻlni xayol qildim. U asfalt
koʻcha. Koʻcha oxirida esa avtovokzal bor edi. Ufqda esa juda chiroyli
qishloqcha koʻrinardi. Avtobuslar oʻsha yerga eltadi. Men chiqishni
moʻljallayotgan PAZ avtobusda esa dilimni ogʻritgan bir inson konduktorlik
qilayotgan ekan.
Yoʻl va manzil
bizning hayotda muammolarni hal etish va kelajagimiz haqidagi tasavvurlarimiz
ekan. Xullas, men muammolarga konstruktiv yechim toparkanman va kelajagimni
juda chiroyli, gʻanimlarim esa xor boʻlgan holatda tasavvur qilarkanman. Qoyil!
Koʻplari juda toʻgʻri chiqdi. Boʻlarkan-ku shunaqa darslar boʻp tursa! Gipnoz
menga yoqdi. Siz ham oʻzingizda sinab koʻring.


Yelena Elvirovna domla bizgayam o'tgandi bir paytla
ReplyDeleteDriver Checker Crack
ReplyDeleteadobe photoshop crack Thanks for sharing such great information, I highly appreciate your hard-working skills which are quite beneficial for me.
ReplyDeletehttps://ilyassawalgar.blogspot.com/2018/08/blog-post_26.html?showComment=1537233761032#c8273504670298369862
ReplyDeletehttps://abdulbariedits.blogspot.com/2018/08/blog-post_99.html?showComment=1537234151319#c8374511306555392186
http://turfaolam.blogspot.com/2017/07/ajabtovur-faktlar.html
https://saydazzz.blogspot.com/2015/12/sotsiologiya-darsidagi-mini-gipnoz.html?showComment=1537234811104#c2741406138948082920
https://fic-books.blogspot.com/2016/07/joan-rouling-sehrli-jonzotlar-va_63.html?showComment=1537234841755#c7845836508909952116
http://raihanpahiminr.blogspot.com/2016/03/maslahatlar-islomda-jinsi-enjoy.html
https://sayajigunj52.blogspot.com/2018/02/blog-post_68.html?showComment=1623557994967#c6738339920320488456
ReplyDeletePanda Antivirus Pro 2022 Crack The clients get 100% unique Microsoft permit that can be actuated straightforwardly on the authority Microsoft site. Besides, it offers a lifetime permit which demonstrates that it doesn't offer a membership administration and doesn't expect one to recharge it time for an expense.
ReplyDelete